Bizning yechimlarimiz
Asosiy uskunalar
Quyidagi tugma sizni yangi va ishlatilgan qishloq xoʻjaligi uskunalari bozorimizga yoʻnaltiradi.
Daraxtlar
Biz sizga mintaqangiz uchun eng yaxshi daraxtni tanlashda yordam beramiz, shuningdek ekish, oraliq masofa, butash va bogʻni parvarish qilish boʻyicha maslahatlar beramiz.

Sugʻorish
Biz meva va/yoki yongʻoq bogʻingiz uchun sugʻorish yechimini tanlashda sizga yordam beramiz.

Parvarishlash uskunalari
Bogʻingiz hosildorligini oshirish, daraxtlaringizni sogʻlomlashtirish va mevalarning sifatini oshirish maqsadida biz sizga daraxtlarni butash usullaridan tortib, toʻgʻri oʻgʻitlash va zarur minerallarni koʻchatlarga sepish yoʻli orqali yetkazishni oʻrgatamiz.

Hosil yigʻish uskunalari
Biz qishloq xoʻjaligiga oid quyidagi mashinalarni yetkazib beramiz: traktorlar, arava va aravachalar, hosil yigʻish toʻrlari, daraxtlarni silkitadigan gidravlik vositalar, yongʻoq teruvchi roliklar va hosilni optimal yoʻl bilan yigʻadigan boshqa uskunalar.

Ekish uchun uskunalar
Bogʻingiz gullab-yashnashi uchun sharoit yaratish maqsadida biz yuqori sifatli tuproq tayyorlaydigan va koʻchat ekadigan uskunalarni yetkazib beramiz.
Daraxtlar
Biz sizga qanday yordam beramiz
Siz oʻz bogʻingiz uchun mevali yoki yongʻoq daraxtlarini tanlaganingizda koʻplab omillarni e’tiborga olishingiz kerak boʻladi. Siz tanlagan daraxt turlari sizning geografik mintaqangizga va noyob iqlimingizga toʻgʻri kelishi kerak, bundan tashqari siz suvni tejaydigan, chidamli, serhosil daraxtlarni tanlash bilan birga zararkunandalarga qarshi kurashish strategiyasini (IPM) ham e’tiborga olishingiz maqsadga muvofiqdir. Biz geografik hududni hisobga olgan holda chidamli, serhosil, yuqori navli koʻchatlarni yetishtiramiz, ularni oʻz bogʻimizdan yohud chet eldan keltiramiz. Bogʻlar yaratishda katta tajribaga ega boʻlganimiz bois, biz sizga mintaqangizga mos keladigan daraxtlarni tanlashda, ularni ekishda, oraliq masofani saqlashda, butashda va bogʻlarni parvarish qilishda kerakli maslahatlarni bera olamiz.
Quyida bizga xabar yozib, biz bilan bogʻlaning.

Koʻchat sotib olish toʻgʻrisida hoziroq maslahat oling!
Bogʻingiz uchun qaysi daraxtlar mos kelishini bilmoqchimisiz? U holda biz bilan bogʻlanib, maslahatlashing.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+31 (0) 317 31 12 12
Elektron manzil
Info (@) fruitdevelopment.com
Sugʻorish
Biz sizga qanday yordam beramiz
Toʻgʻri sugʻorish bogʻning gullab yashnashi uchun nihoyatda muhimdir, chunki ob-havo sharoitlarini oldindan aytib boʻlmaydi. Meva va yongʻoq daraxtlarini yetishtirishda har bir daraxtni ikkala tomondan teng sugʻorish va oziqlantirish uchun asosan ikki chiziqli tomchilatish tizimi yoki mikro purkagichlar ishlatiladi. bizning sugʻorish sahifamizga tashrif buyuring. for more details Agar bogʻingiz uchun sugʻorish yechimini topmoqchi boʻlsangiz

Bugun bogʻingizni sugʻorish boʻyicha eng yaxshi maslahat oling.
Sugʻorish tizimining qaysi biri bogʻingizga mos kelishini bilmoqchimisiz? U holda biz bilan bogʻlanib, maslahat oling.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+31 (0) 317 31 12 12
Elektron manzil
Info (@) fruitdevelopment.com
Ekish uchun uskunalar
Biz sizga qanday yordam beramiz
Bogʻingiz gullab-yashnashi uchun sharoit yaratish maqsadida biz yuqori sifatli tuproq tayyorlaydigan va koʻchat ekadigan uskunalarni yetkazib beramiz. Biz sizga boshlangʻich jarayonida quyidagicha yordam beramiz: tuproqni sinovdan oʻtkazamiz, ekish uchun zarur boʻlgan uskunalarni yetkazib beramiz, ekish jarayonini siz mustaqil tarzda yoki mahalliy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirishingiz mumkin boʻladi. Tuproqning sifati va yerning holatidan kelib chiqqan holda biz sizga quyidagi masalalar boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatamiz: yerni yumshatish, shudgor qilish, urugʻ maydonini tayyorlash, qattiq yer qatlamlarini parchalash, bogʻga koʻchat ekish uchun joy tayyorlash. Urugʻ maydonini tayyorlash oʻz ichiga: yerni tekislash, oʻgʻitlash, mineralar bilan boyitish va aralashtirish kiradi. Avtomatik burgʻilash yordamida koʻchatlar uchun kerakli hajmdagi chuqurchalar qaziladi, bu esa koʻchatlarning toʻgʻri joylashishini va yaxshi oʻsishini ta’minlaydi. Chim ekish daraxtlarning himoya vositasi sifatida ishlatiladi, ya’ni daraxtlarni oʻrab turgan tuproqning filtrlash qobiliyatini yaxshilaydi, yemirilishning oldini oladi va begona oʻtlardan saqlaydi.

Sizga ekish uskunalari boʻyicha yordam kerakmi?
Bogʻingizga koʻchat ekish uchun tayyorgarlik koʻryapsizmi? Buni samarali tarzda amalga oshirmoqchimisiz? U holda biz bilan bogʻlanib, maslahat oling.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+31 (0) 317 31 12 12
Elektron manzil
Info (@) fruitdevelopment.com
Parvarishlash uskunalari
Biz sizga qanday yordam beramiz
Bogʻingizni parvarishlash – bu kelajak uchun sarmoya hisoblanib, daraxtlarning sogʻlomligi, hosildorligi va ularning umri uzoqligini ta’minlaydi. Bogʻingizdagi daraxtlar sogʻlom, hosildor va sifatli meva yetkazishi uchun biz sizga daraxtlarni toʻgʻri butash va samarali oʻgʻitlash usullarini oʻrgatamiz.
Butash uskunalariga koʻchatlarni qoʻlda butash uchun bogʻ qaychilari, elektron qirqish moslamalari, katta daraxtlar uchun arra moslamalari kiradi. Butash usullari bevosita daraxtlarning turi va yoshiga qarab tanlanadi, bunda mintaqa, mavsum va iqlim ham albatta hisobga olinadi. Biz mevali va yongʻoq bogʻlarini yetishtirganimiz sababli koʻp yillik tajribaga egamiz, shu bois sogʻlom va hosildor daraxtlarni toʻgʻri butash sirlarini juda yaxshi bilamiz.
Purkash usuli hashoratlarga, zararkunandalarga va begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Shuningdek, purkash usuli bogʻingizni yaxshilaydigan organic alternativlarni ham oʻz ichiga olib, zararkunandalar keltiradigan zararlarni kamaytiradi, quyosh nurlari, ozuqa va suvni uchun begona oʻtlar bilan boʻlgan raqobatning oldini oladi.
Zararning oldini olish muhim boʻlsa-da, toʻgʻri oziqlantirish yanada muhimroqdir. Toʻgʻri va muvofiq ozuqa natijasida sizning bogʻingiz nafaqat omon qoladi, balki gullab-yashnaydi. Biz meva va yongʻoqlarning ozuqa moddalariga boʻlgan ehtiyojini samarli qondirish yoʻllarini bilamiz, oʻgʻit yetkazishning samarali usullaridan xabardormiz. Biz bogʻingiz uchun mos oʻgʻitlantirish protokolini tuzib beramiz, bu bilan cheklanibgina qolmay, oʻgʻitlardan maksimal darajada foydalanishda va a’lo natijalarga erishishda sizga yordam bera olamiz.
Begona oʻtlarni avtomatik yoki qoʻlda tozalish katta ta’sir koʻrsatadi va yosh daraxtlarni ozuqa moddalari, quyosh nurlari va suv uchun raqobatdan himoya qiladi. Shuningdek, kattaroq daraxtlarni chirmashib oʻsadigan begona oʻtlardan asraydi. Oʻtoq qilmoq qishloq xoʻjaligining eng qadimgi va keng tarqalgan amaliyotlaridan biri hisoblanadi, biroq shunga qaramay, ushbu jarayon davomida ehtiyotkorlik talab qilinadi, zero oʻtash davomida daraxtlar shikastlanishi va yer ortiqcha eroziyaga duch kelishi mumkin.


Daraxtlaringizning sogʻligʻiga, hosildorligiga va uzoq umr koʻrishiga sarmoya kiriting!
Parvarish qilish uchun eng yaxshi uskunalarni tanlamoqchimisiz? Marhamat qilib, bizdan maslahat soʻrang.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+31 (0) 317 31 12 12
Elektron manzil
Info (@) fruitdevelopment.com
Hosil yigʻish uskunalari
Biz sizga qanday yordam beramiz
Ekish va parvarishlash uskunalari bilan bir qatorda, hosil yigʻish uskunalari bogʻingiz uchun eng muhim sarmoyalardan biri hisoblanadi. Siz yetishtirgan hosilingiz va mahsulot sifati, shuningdek daraxtlaringizning umri va sogʻligʻi bevosita sharoitingiz uchun mos uskunalardan foydalanishingizga bogʻliqdir. FDI tashkilotimiz meva va yongʻoqni koʻpaytirish boʻyicha katta tajribaga egadir. Shu bois biz bogʻingiz uchun a’lo imkoniyatlar yaratish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda sizga yordam va konsultatsiyalar bera olamiz: hosil yigʻish uskunalari va texnikani tanlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, uskunalarning ishlashini xodimlaringizga oʻrgatish. Biz qishloq xoʻjaligiga oid quyidagi mashinalarni yetkazib beramiz: traktorlar, arava va aravachalar, hosil yigʻish toʻrlari, daraxtlarni silkitadigan gidravlik vositalar, yongʻoq teruvchi roliklar va hosilni optimal yoʻl bilan yigʻadigan boshqa uskunalar.
Siz bogʻingiz uchun toʻgʻri traktorni yoki bir nechta traktorlarni tanlaganingizda, ularning bajaradigan ishini, dasturiga kiritilgan programmani va quvvat talablarini hisobga olishingiz kerak.Traktorlar turli vazifalarni bajaradi: sugʻorish uskunalarini tashishdan boshlab, ekin ekish va hosilni yigʻishtirib olishgacha, shuning uchun traktorni tanlaganingizda, albatta uning sifatiga ahamiyat berishingiz kerak, traktor daladagi yoki bogʻdagi har qanday sharoitga bardosh bera oladigan boʻlishi kerak. Biz sizga sharoitingizga mos keladigan eng yaxshi traktorni yoki bir nechta traktorlarni tanlashda yordam beramiz. Bu traktorlar bogʻingizdagi ishni yaxshi bajaradigan, ish hajmingizga mos keladigan va barcha talablaringizga javob beradigan boʻladi.
Hosil yigʻish arava va aravachalaridan bir qator vazifalarni bajarishda foydalaniladi, misol uchun, hosilni qoʻlda yigʻishdan tortib, to yongʻoq va mevalar joylangan yashiklarni bogʻ ichida tashishgacha.
Hosil yigʻish toʻrlari daraxtlarni qoʻl bilan silkitish usuli orqali yongʻoqlarni toʻplash uchun samarali va arzon uskuna sifatida keng qoʻllaniladi. Hosil yigʻish toʻrlari daraxtning yon atrofiga oʻrnatiladi.
daraxtlarni silkitadigan gidravlik moslamalar Yongʻoq, olma, nok va boshqa mevalarni samarali yigʻishtirish uchun traktorlarga biriktirilgan. Biz yetkazadigan moslamalar yuqori sifatli va arzon, shu bilan birga samarali ish bajarib, ishingizni yengillashtiradi. Gidravlik moslamalarimiz soatiga 55 tadan 75 tagacha daraxtni silkitib, samarali faoliyat koʻrsatadi, shu bilan birga hosilingizning sifatini saqlab qoladi.
Yongʻoq teruvchi roliklarga kichik hajmdagi, qoʻlda ishlatiladigan roliklardan tortib, to yongʻoq hosilini katta hajmda yigʻish uchun traktorga oʻrnatiladigan katta mexanik roliklar kiradi.


Bogʻingizga kiritiladigan eng muhim sarmoyalardan biri haqida maslahat oling!
Hosil yigʻish uskunalaridan qaysi biri bogʻingiz uchun eng yaxshi ekanini bilmoqchimisiz? Biz bilan bog'lanib, maslahatlashing.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+31 (0) 317 31 12 12
Elektron manzil
Info (@) fruitdevelopment.com
Bozorga kirish
Bu nima?
Bozorga kirish bu mahsulotingizni mahalliy yoki xalqaro miqyosda sotish deganidir. Bozorga kirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: savdo toʻsiqlarini yengib oʻtish, mahalliy va xalqaro qoidalar va standartlarga javob berish, mahsulotingizning qiymati va qadrini namoyish etadigan sertifikatlarni qoʻlga kiritish.
Biz qanday yordam beramiz
Biz mijozlarimizga bozorga kirish uchun quyidagi uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha yordam berish tajribasiga egamiz:
- Mahalliy va xalqaro standartlarni aniqlash va ularga rioya qilish hamda bozorga kirish imkoniyatini oshiradigan maxsus sertifikat talablariga javob berish. Bozorga qarab, organik, ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va / yoki GLOBAL G.A.P. sertifikatlarini qoʻlga kiritish. Ushbu sertifikatlar tufayli mahsulotingiz bozorga kirib boradi, shuningdek biznesingiz xalqaro talablarga muvofiq ekanligi namoyish etiladi.
- Yuklarni tashish va transport talablariga javob berish.
- Mijozning mahsulotlarini sotib oladigan ulgurji savdogarlarni va potentsial xaridorlarni aniqlash. Muvaffaqiya qozonish maqsadida samarali ish olib borish va xaridorlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatishda yordam berish

Bizning mutaxassislarimiz bilan bogʻlaning
Mahalliy bozorlarga kirishingizga yordam kerak boʻlsa, mutaxassislarimizning biri bilan bogʻlaning.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+31 (0) 317 31 12 12
Elektron manzil
Info (@) fruitdevelopment.com