Bizning yondashuvimiz

Biz oʻz mijozlarimizga toʻgʻri yechimni topishda yordam berish uchun odatda 3 bosqichli jarayondan oʻtamiz.
Bu qanday ishlashi haqida quyida batafsil yozilgan.

Tezkor tekshiruv

Biznes hisob-kitoblari

Biznesni rivojlantirish rejasi

Bizning 3 bosqichli yondashuvimiz haqida koʻproq bilish uchun yuqoridagi yorliqlarni bosing.

Tezkor tekshiruv – bu sizning biznes rejangiz uchun zarur boʻlgan sarmoyalarni va ularga erishish qadamlarini tushunishingizga yordam beradigan qisqa konsultatsiyadir. Biz oʻzimizning koʻp yillik tajribamizga asoslangan holda, kerakli hisob-kitoblar qilib, biznes gʻoyangizning yoki potensial sarmoyangizning maqsadga muvofiqligini aniqlab beramiz. Bordi-yu, siz oʻz tadqiqotlaringizni allaqachon amalga oshirgan boʻlsangiz va operatsion xarajatlar, kommunal xizmatlar narxlari, mahsulot narxlari, ishchi kuchi va ish haqi talablari kabi ma’lumotlarni toʻplagan boʻlsangiz, biz siz uchun bepul, qisqa konsultatsiya oʻtkazib berishimiz mumkin. Bordi-yu, ushbu ma’lumotlarni biz siz uchun toʻplashimiz kerak boʻlsa, bizga vaqt kerak boʻladi, siz esa qilgan xizmatimiz uchun pul toʻlashingizga toʻgʻri keladi.

Biz bilan bogʻlaning yoki aloqa bo’limida xabar qoldiring. Biz siz bilan aloqaga chiqib, ushrashuv vaqtini belgilaymiz!

Biznes hisob-kitoblari sizga mahalliy va xalqaro bozor haqida tushuncha beradi, toʻgʻri investitsiya strategiyasini tanlashda koʻmaklashadi, sizning vaziyatingizda qanday rivojlanish mumkinligini koʻrsatadi. FDI da, biz sizning rejangizni batafsil koʻrib chiqib, uning muvaffaqiyatli ekanligiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina uni amalga oshirishga kirishamiz. Bordi-yu reja siz kutganday samara bermasa, uni oʻzgartiramiz.

Avvalambor, biz biznesingizni boshlash uchun zarur boʻlgan mablagʻ, ya’ni sarmoya rejasinikoʻrib chiqamiz. Bunga quyidagi xarajatlar kiradi: sotib olinadigan yangi texnika yoki uskunalar narxi, yer, bino, inshootlar va shunga oʻxshash xarajatlar. Eslatma, operatsion xarajatlar sarmoya rejasiga kirmaydi.

Keyin biz ishlab chiqarish liniyasi uchun oʻzgaruvchan xarajatlaringizni koʻrib chiqamiz. Bular yildan-yilga, oydan-oyga oʻzgarib turadigan xarajatlar va narxlar, chunonchi, ish haqi, mahsulotingiz narxi, yetkazib berish xizmati, kommunal xizmatlar, xom ashyo xarajatlari va hokazolar. Bular bozor sharoitiga qarab oʻzgarib turadigan xarajatlardir.

Foyda va zararlar hisob-kitoblari rentabellik va daromadlilik haqida tushuncha beradi, bu ma’lumotlar sizning biznesingiz qanchalik barqaror ekanligini tushunishga va ma’lum vaqt ichida foyda olish qobiliyatingizni baholashga yordam beradi.

Looking at Naqd pul oqimini tahlil qilish biznesingizning kunlik operatsion xarajatlari va daromadlarini tushunishga yordam beradi. “Foyda va zararlar hisoboti”da uzoq muddatli oʻzgarishlar va kompaniyangizning umumiy moliyaviy holati hisobga olinsa-da, “Naqd pul oqimi”da sizning kundalik kirim-chiqimlaringizni, bank hisob raqamingizdagi faoliyat hisobga olinadi.

Nihoyat, moslashuvchanlik sinovi biznes rejangiz qanchalik puxta ekanligini koʻrsatadi. Bu qismda biz bozorning oʻzgaruvchan vaziyatida mahsulotingizning tan narxi bilan uning sotilish narxini taqqoslab chiqamiz. Ushbu test kompaniyangizning umumiy moliyaviy barqarorligi toʻgʻrisida tushuncha beradi.

Bozor ma’lumotlari bu siz chiqaradigan mahsulotga boʻlgan talabni tushunishingiz demakdir. Bularga quyidagilar kiradi: bozordagi oʻz joyingizni topishingiz, bozor talabiga mos mahsulotni yetkazib berishingiz, kerakli sertifikatlarga ega boʻlishingiz, mijozlarning standartlariga jovob berishingiz va qaysi uskunalarga sarmoya kiritishni aniqlashingiz. Bizning toʻrtta serhosil va serdaromad bogʻimiz bor. Bulardan tashqari biz turli xil ekinlarni ham yetishtiramiz. Ushbu tajribamizga asoslangan holda biz sizning kompaniyangizni optimallashtirishda yordam beramiz.

Misol:

Faraz qiling, sizning Oʻzbekistonda olma bogʻingiz bor. Hozir sentyabr oyi, hosilingiz nihoyatda koʻp. Siz uch xil yoʻl tutishingiz mumkin: olmalarni yangi uzilgan paytdayoq mahalliy bozorlarda arzon narxda sotishingiz, hosilni muzlatgich omborlarida saqlab, keyinroq, talab va narx oshgan paytda sotishingiz yoki olmalarni qadoqlab, qimmat narxda Rossiyaga eksport qiladigan ulgurji sotuvchiga sotishingiz mumkin. Siz eng yaxshi yoʻlni tanlashingiz uchun mahalliy va xalqaro bozorni tushunishingiz, qaysi uskunaga sarmoya kiritishingiz, qanday sertifikat va ruxsatnomalar olishni bilishingiz darkor.

A. Bank uchun biznes rejalari

Bank uchun biznes reja moliyaviy holatni hisobga olgan holda tuziladi. Aktivlarni boshqarish, kreditlarni toʻlash va qarzlarni uzish imkoniyatingizdan kelib chiqib, banklar buni "yaxshi garov" deb atashadi. Biz sizga bank uchun maqbul boʻlgan biznes-rejani tuzishda yordam beramiz, bu sizga va sizning biznesingizga moliyaviy agentliklar yoki investorlar bilan bogʻlanishda va muvaffaqiyat qozonishda yaxshi imkoniyat beradi. Biz koʻplab boshqa kompaniyalarga yordam berganimiz kabi sizga ham yordam beramiz va bankka sizning moliyaviy holatingiz va xavfsizligingizni ishonchli tarzda isbotlaymiz. Bu sizga nafaqat mablag’ olish imkoniyatini beradi, balki aktivlaringizni boshqarish va kelgusi yillar davomida oʻz biznesingizni muvaffaqiyatli rivojlantira olishingizga ishonch beradi.

Eslatma: sizning arizangiz bank tomonidan qabul qilinishiga biz kafolat bera olmaymiz, chunki ariza beruvchining iltimosini qabul qilish yoki rad etish faqat moliyalashtirish agentligining ixtiyoridadir. Biroq, biz muvaffaqiyatingiz uchun qoʻldan kelgancha zamin yaratamiz.

B. Subsidiyalar va moliyalashtirish imkoniyatlari

Sizning biznesingiz uchun subsidiyalar, grantlar va boshqa moliyalashtirish imkoniyatlarini topish va qoʻllash haqida gap ketganda, moliyalashtirish organlari, qoidalar, qonunlar va kutilmagan holatlar sonini boshqarish juda qiyin boʻlishi mumkin. Subsidiyalar muayyan talablarga va yuqori darajadagi murakkabliklarga ega boʻlgani uchun, xato qilish ehtimolini oshiradi, oqibatda ariza talab mezonlariga javob bermaydi va rad etiladi. Biz ushbu jarayondan mijozlarimiz bilan koʻp marotaba oʻtganmiz uchun bu masalada katta tajriba orttirdik, ishonchli hamkorlarga ega boʻlib, aloqalar tarmogʻini yaratdik. Ushbu jarayon hali ham labirint kabi oʻta murakkab boʻlib koʻrinsa-da, biz subsidiyalar va grantlarni topish va ularga murojaat qilish usullarini topdik, endi xatolarga yoʻl qoʻymay va vaqtni behuda sarf qilmay, muvaffaqiyat qozonish maqsadida imkoniyatlardan samarali foydalanishni oʻrgandik. Ijozat bering, biz sizni boshi berk koʻchadan, uzundan-uzun boʻlgan bu labirintdan olib chiqaylik. Grantga boʻlgan arizangiz rad etilmasin desangiz, tushkunlikka tushishni istamasangiz, bizga murojaat qiling, biz sizga toʻgʻri grant yoki subsidiya topishga yordam beramiz. Maksimal darajada muvaffaqiyatga erisha olishingiz uchun biz sizga qonuniy ravishda, barcha qoidalarga amal qilgan holda eng toʻgʻri grantlar, subsidiyalar va boshqa moliyalashtirish imkoniyatlarini topishda va ularga murojaat qilishda yordam beramiz

Eslatma: biz moliyalashtirishga kafolat bermaymiz. Ammo biz qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini va subsidiyalarni topishda tajribaga egamiz. Subsidiya yoki grant olish-olmasligingiz sizning vaziyatingizga va moliyalashtiruvchi tashkilotning ixtiyoriga bogʻliq.

Sizga yordam berishimizni istaysizmi?

FDI sizga qanday yordam bera olishini bilmoqchimisiz? Biz bilan bogʻlaning.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com