Biz xizmatingizga tayyormiz

"Siz meva, sabzavot va yongʻoqlarni samarali tarzda qayta ishlashingizni, ularning sifatini saqlab qolishingizni, shu bilan birga chiqindilarni kamaytirishingizni istaymiz.”

Bizning maqsadimiz

“Biz barqaror agrobizneslarni tashkil etish orqali qiymat zanjirlarini yaratamiz va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaymiz, bular esa oʻz navbatida ijobiy ozgarishlarga sabab boʻladi.”

Nega bizni tanlashingiz zarur?

Siz bizni tanlaganingizda shunchaki konsultantni emas yelkadoshni tanlagan boʻlasiz, zero biz har bir qadamda siz bilan birga boʻlamiz.

Bizning yechimlarimiz

Asosiy uskunalar

Quyidagi tugma sizni yangi va ishlatilgan qishloq xoʻjaligi uskunalari bozorimizga yoʻnaltiradi.

Sovutqichda saqlash

Sovutqichli omborxonalar sabzavot va mevalarni odatdagi muzlatgichga qaraganda ancha yaxshi saqlaydi 

Quritish

Qishloq xoʻjaligida quritish uskunalari meva, sabzavot, yongʻoq va ziravorlarni qayta ishlashda ishlatiladi. Bu mevaning saqlash muddatini uzaytirib, ta’mini kuchaytirib beradi.

Yongʻoq chaqish

Yongʻoqlarni chaqish uchun moʻljallangan sanoat mashinalari yongʻoqlarni chaqib, poʻstlogʻini magʻzidan, zarar yetkazmagan holda ajratib beradi.

Kesish va tilimlash

Kesish va tilimlash uskunalari meva va sabzavotlarni qadoqlashdan oldin quritish yoki muzlatish uchun tayyorlaydi.

Saralash

Saralash mashinalari mevalarning pishganligi va boshqa omillardan kelib chiqib, ularni sifati, tuzilishi va rangi boʻyicha saralaydi.

Qadoqlash

Biz onlayn yoki mahallamiz doʻkonidan sotib olgan har qanday mahsulot odatda qadoqlangan boʻladi, qadoq mahsulotni himoya qiladi.

Bozorga kirish

Bozorga kirish bu mahsulotingizni mahalliy yoki xalqaro miqyosda sotish deganidir. 

Sovutqichda saqlash

Bu nima?

Sovutqich omborxonalar sabzavot va mevalarni odatdagi sovutqichlarga qaraganda ancha yaxshi saqlaydi. Ushbu inshootlar mavsumiy mevalarni saqlash uchun juda yaxshi sarmoya hisoblanadi, chunki bular tufayli mavsumiy mevalar uzoq muddat saqlanib bozorda yil davomida sotiladi.

 

Bu qanday ishlaydi?

Sovutqich omborxonalarda iqlim va atmosfera eng maqbul tarzda ushlab turiladi. Bu zamburugʻlar va bakteriyalarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaydi, natijada mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytiradi. Sovutqich ichidagi kislorodni kamaytiradi, soʻng past haroratli muhitga sertifikatlangan gazlar yuboriladi, buning natijasida mahsulotning chirishi sekinlashtiriladi va mahsulotning sifati uzoq muddat davomida saqlanadi. Mahsulotning turiga qarab, ularni bir yilgacha yaxshi saqlash mumkin.

 

Sovutqich moslamasi siz uchun toʻgʻri sarmoya hisoblanadimi?

Biz bilan bogʻlanib, bu borada maslahatlashing. Biz sizning sovutqich omboriga boʻlgan ehtiyojingizni koʻrib chiqib, vaziyatingizga mos optimal parametrlarni aniqlab, muhokama qilamiz. Shundan soʻnggina bozor ma’lumotlari, mavjud resurslaringiz va kerakli ishlab chiqarish quvvatlaringiz asosida yanada batafsil hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. Rejalar aniqlangandan keyin va siz sovutqich moslamani sotib olishga qaror qilganingizdan keyin, biz toʻliq iqlim nazoratiga ega, atmosfera tarkibi va haroratini doimiy ravishda kuzatib boradigan eng zamonaviy uskunani sizga yetkazib berib, uni oʻrnatamiz.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Quritish

Bu nima?

Qishloq xoʻjaligida quritish uskunalaridan meva, sabzavot, yongʻoq va ziravorlarni qayta ishlashda foydalaniladi. Natijada mevaning saqlash muddati uzaytiriladi, ta’mi kuchaytiriladi. Odatdagi quritish tizimiga mevalarning turidan kelib chiqqan holda quyidagi uskunalar kiradi: mevalarni yuvadigan, kesib maydalaydigan, yaralarini kesib olib tashlaydigan uskunalar kiradi. Yirikroq mevalar va sabzavotlar, ya’ni olma, tsukini, sabzi va noklar uchun kesib maydalaydigan uskuna kerak boʻladi. Cherri pomidorlari, xurmo va suv miqdori koʻp boʻlgan boshqa mayda meva va sabzavotlar uchun bunday uskunaning keragi yoʻq. Mevaning turiga qarab, ularning dogʻlarini tozlash quritishdan oldin yoki keyin bajariladi. Quritish parametrlarini qoʻllashda ba’zi muhim narsalarga, ya’ni mahsulot oʻz ta’mini yo’qotmasligiga, haddan tashqari qurib qolmasligiga e’tibor berish va gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak

 

Bu qanday ishlaydi?

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan sanoat quritgich uskunalarining ikkita asosiy turi mavjud. Bular statik quritgich uskunalar va uzluksiz quritgich uskunalar. Quyida ular taqqoslangan. 

Qisqacha taqqoslash

Statik quritgich uskunasi

  • Nisbatan pastroq boshlangʻich sarmoya
  • kuniga ~ 800-5000 kg gacha, 2-3 ta partiya mevani ishlab chiqaradi
  • Mahsulotning bir xilligi biroz pastroq
  • Biroz mehnat talab qiladi
  • Qayta ishlash tizimi uchun kerakli joy mavjud emas
Statik quritgich uskunalari qanday ishlaydi?

Statik quritgich uskunalari (yoki partiyali quritgichlar) zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan, isitiladigan kamera boʻlib, meva quritish uchun panjarali javonlarga ega. Statik quritgich uskunalari doimiy ravishda issiq, quruq havo oqimini ishlab chiqarish orqali ishlaydi, issiq havo uskunaga kirib, kameradan oqib oʻtadi va uskunaga qayta kirmasdan oldin quritilib, qayta isitiladi. Doimiy havo oqimi mahsulotni bir xilda quritadi. Shuningdek, avtomatik nazorat va vaqtida oʻchirish natijasida meva va sabzavotlar toʻgʻri quritiladi, ular barcha gigiyena talablariga javob beradi.

Ushbu tizim kondensat hosil boʻlmasligini va mahsulot haddan tashqari quruq va qattiq boʻlmasligini ta’minlaydi, shu bilan birga elektr quvvatni barqaror ishlatish hisobiga operatsion xarajatlarni kamaytiradi. Ushbu quritish uskunasi mahsulotning bir xilligini toʻlaqonli ta’minlamasa-da, kuniga 2-3 partiya mevani quritib beradi, har bir partiya 800-5000 kg dan tashkil topadi, bundan tashqari bu uskunaning dastlabki sarmoyasi boshqa uskunalarga qaraganda ancha past. Mahsulotning turidan, uning bir xilligidan va talab qilinadigan ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda ushbu turdagi uskuna sizning tizimingiz uchun yaxshi tanlov boʻlishi mumkin.

Uzluksiz quritgich uskunalari

  • yuqori boshlangʻich sarmoya talab qiladi
  • Kuniga 3000 kg dan 50.000 kg gacha mevani quritishi mumkin
  • Eng yuqori darajada mahsulotning bir xilligini ta’minlaydi
  • Mehnatga talabning pastligi
  • Ishlov berish tizimining keyingi bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish mumkin
Uzluksiz quritgich uskunalari qanday ishlaydi?

Uzluksiz quritgich uskunasida yangi uzilgan mevalar doimiy ravishda qisman germetik issiq havo kamerasiga konveyer lentasi orqali uzatiladi va sekin quritiladi. Quritilgan mevalar kameradan chiqadi va qayta ishlash uchun keyingi blokka oʻtadi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri qadoqlashga joʻnatiladi. Ushbu uskuna yuqori boshlangʻich sarmoyani talab qilishidan qat’i nazar, koʻp miqdorda tayyor mahsulotni yetkazib beradi, mahsulot sifatini oshiradi va operatsion xarajatlarini kamaytiradi. Bularning hammasi hisobga olinsa, ishlab chiqarish xajmidan kelib chiqqan holda barcha xarajatlar tez qoplanib ketishi mumkin.

Eng yaxshi quritish uskunasini tanlash boʻyicha maslahat oling!

Ishlab chiqarish liniyangiz uchun eng yaxshi uskunani tanlash haqida gap ketganda, koʻpgina omillarni hisobga olishingiz kerak. Bularga dastlabki xarajatlar, shuningdek, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari, amortizatsiya va ta’mirlash xarajatlari kiradi. Bulardan tashqari, siz yangi uskunaning oʻzingizda mavjud boʻlgan uskunalar bilan muvofiqligini, gigiyenik ishlab chiqarish sharoitlarini, ishlab chiqarish qobiliyatingzni ham hisobga olishingiz zarur. Ushbu parametrlarning hammasini birdaniga optimallashtirish oson boʻlmasligi mumkin.

Barcha hisob-kitoblarni tajribali va bu sohaning nozik tomonlarini yaxshi biladigan mutaxassis bilan qilishingiz siz uchun maqsadga muvofiq boʻladi, chunki mutaxassis bogʻingiz ehtiyojlarini samarali tarzda aniqlay oladi va nimalar kerakligini yaxshi biladi. Bizning tashkilotimiz sanoat meva quritgich uskunalarini yetkazib berish va oʻrnatish tajribasiga ega. Malakali mutaxassislardan tashkil topgan tarmogʻimiz sizning sharoitingizga mos, yuqori sifatli quritgich uskunalarini yetkazib berib, ularning yaxshi ishlashini ta’minlab beradi.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Yongʻoq chaqish

Bu nima?

Yongʻoqlarni chaqish uchun moʻljallangan sanoat mashinalari yongʻoqlarni chaqib, poʻstlogʻini magʻzidan, zarar yetkazmagan holda ajratib beradi.

 

Bu qanday ishlaydi?

Bu uskuna orqali yongʻoqlar bir qator silindirlar yoki konsentrik metall barabanlar yordamida chaqiladi, ular keyin ishqalanib, yongʻoq magʻzi poʻstlogʻidan ajraladi va butun magʻzlar idishga tushib, oʻsha yerda yigʻiladi. Yongʻoqni chaqish uskunalari har qanday sanoat yoki yongʻoqqa ishlov beruvchi korxona uchun zarurdir, yongʻoq turidan kelib chiqqan holda uskunalar turli xususiyatlarga ega boʻladi. Yongʻoqqa ishlov berish jarayonida asosan yuvish uskunalari, yongʻoqni tozalash uskunalari, yongʻoq magʻzini poʻstlogʻidan ajratish uskunalari, saralash uskunalari (mexanik yoki qoʻlda) va qadoqlash uskunalari ishlatiladi.

Yongʻoq turlari quyidagichadir: qattiq yoki oʻrta qattiq qobiqga ega yongʻoqlar, masalan: palma yongʻogʻi, makadamiya yongʻogʻi, yongʻoq, pecan yongʻogʻi, bodom, funduk va kashtan yongʻoqlari.

Yongʻoqni qayta ishlashga boʻlgan ehtiyojingiz uchun yechimni bugun toping!

Biz yongʻoqlarni qayta ishlashga boʻlgan ehtiyojlaringiz uchun amaliy yechimlar topishga ixtisoslashganmiz. Agar siz oʻz biznesingizni kengaytirmoqchi boʻlsangiz yoki endi yongʻoqzor barpo qilishga kirishgan bogʻbon boʻlsangiz, bizdan maslahat oling. Biz sizga koʻchatlarni oʻgʻitlashdan tortib, yaxshi hosil yetishtirishda va yongʻoqlarni qayta ishlash uchun toʻgʻri uskunalarni tanlashda yordam beramiz. Bundan tashqari mahsulotingizni mahalliy va xalqaro xaridorlarga tanishtiramiz. Siz yongʻoq sanoatida muvaffaqiyat qozonmoqchimisiz? Bizni tanlang. Biz sizga yongʻoq sanoatida muvaffaqiyatga erishishingiz uchun kerakli barcha amaliy yordamni taqdim etamiz.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Kesish va tilimlash

Bu nima?

Kesish va tilimlash sanoat uskunalari yangi uzilgan meva va sabzavotlarni quritish, muzlatish, muzlatib quritish yoki qadoqlash uchun tayyorlaydi. Agar siz quritilgan meva boʻlaklarini, mazali sabzavot chipslarini, maydalangan salatlarni yoki smuzi uchun muzlatilgan meva boʻlaklarini sotmoqchi boʻlsangiz, sizga qayta ishlashda yuqori sifatli kesish va tilimlash uskunasi kerak boʻladi. Sizdagi mavjud boʻlgan uskunalar sizning ish unumdorligingizga mos kelishi, lekin iqtisodiy jihatdan samarali boʻlmasligi mumkin.

Siz qayta ishlash uskunalarining eng yaxshisini tanlashni istaysizmi?

Sizga yordam berishimizga ijozat bering. Biz parametrlaringizni aniqlaymiz, siz uchun kerakli materiallar va uskunalarni tanlab beramiz, yetkazib berishni muvofiqlashtirib, qisqa vaqt ichida barcha uskunalarni oʻrnatib beramiz. Siz esa oʻzingiz yaxshi koʻrgan ishingizni davom etaverasiz.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Saralash

Bu nima?

Saralash mashinalari mevalarning pishganligi va boshqa omillardan kelib chiqib, ularni sifati, tuzilishi (ya’ni vazni, kattaligi, qattiqligi yoki nuqsoni borligiga qarab) va rangi boʻyicha saralaydi. Yuvish uskunalari odatda saralash mashinalariga biriktiriladi. Meva va sabzavotlar saralashdan oldin, agʻdariladigan patnislar yordamida suvga tushiriladi, soʻng namligicha saralash uskunasiga joʻnatiladi. Saralashning uchta asosiy turi mavjud, bular mexanik saralash, qoʻlda saralash va optik saralash.

 

 

Qisqacha taqqoslash

Mexanik saralash

  • Dastlabki sarmoyaning kamligi
  • Qoʻl mehnatga oʻrtacha xarajatlar
  • Mahsulotlar: olma, ...
  • vazn aniqligi
  • Ishlab chiqarish samaradorligi: ...
Bu qanday ishlaydi?

Mexanik saralash uskunalari yongʻoqlarni ogʻirligi yoki kattaligi boʻyicha saralaydi. Ushbu uskuna qoʻlda saralash bilan taqqoslaganda, kichikroq boshlangʻich sarmoyani va pastroq ish haqini talab qiladi. Meva va sabzavotlarning oʻlchamlarini aniqlash uchun ushbu turdagi uskunalar juda yaxshi tanlov hisoblandi. Masalan, olma va tarvuzlar mexanik saralash uskunlari orqali yaxshi saralanadi. Bir necha parametr boʻyicha saralanadigan meva va sabzavotlar uchun esa optik turdagi saralash uskunasi afzalroqdir. 

Qoʻlda saralash

  • Dastlabki sarmoyaning kamligi
  • yuqori ish haqi
  • Mahsulotlar: yongʻoq, ...
  • Yongʻoq yoki mevaning yetilgani yoki shikastlanganini oʻrtacha darajada aniqlaydi
  • Ishlab chiqarish samaradorligi: ...
Bu qanday ishlaydi?

Qoʻlda saralash uskunalari eng kam boshlangʻich sarmoyani talab qiladi, ammo ishchilar uchun doimiy ish haqi sarfini talab qiladi, chunki mahsulot saralash stoli boʻylab insonlar tomonidan qoʻlda ajratiladi. Ushbu usulda ma’lum xatoliklarga yoʻl qoʻyiladi, chunki hamma ishchilar birday kuzatuvchan va tartibli boʻlmaydi. Agar ishchi kuchi koʻp boʻlsa, mazkur usul nihoyatda qoʻl keladi. Unda shikastlangan mevalarni, xom, yetilmay qolgan yoki koʻzga koʻrinarli darajada lat yegan mevalarni osonlikcha ajratish mumkin.

Optik saralash

  • Yuqori sarmoya talab qiladi
  • Past ish haqi
  • Mahsulotlar: cherri pomidorlari, pomidor, chernika, bulgʻor qalampiri
  • Mevaning pishganligi, shikastlangani, hajmi va vazni uchun yuqori darajadagi aniqlik
  • Ishlab chiqarish samaradorligi: ...
Bu qanday ishlaydi?

Optik saralash uskunalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kattaligi, rangi, mustahkamligi, chirimaganligi yoki shikastlanmaganligi kabi sifat koʻrsatkichlari asosida saralashda yuqori samaradorlikka ega. Mazkur uskuna eng katta boshlangʻich sarmoyani talab qilsa ham, eng yuqori darajadagi saralash sifatiga ega, chunki optic saralash uskunasi mevalarni bir nechta parametrlarga asoslangan holda saralaydi va ishchi kuchi hamda ish haqi boʻyicha eng past xarajatlarni talab qiladi. Optik saralash uskunasi yangi uzilgan chernika va pomidorlarni saralash uchun juda mos keladi, chunki pishganlik koʻrsatkichlarini optik datchiklar yordamida osongina aniqlab beradi.

Talabingizga mos saralash uskunasini sotib olmoqchimisiz?

Talabingizga mos saralash uskunasini tanlashingiz quyidagi omillarga bevosita bogʻliqdir: ishlab chiqarish jarayoningiz, sizda mavjud boʻlgan uskunalar, bajariladigan ish miqdori, sifat talablari va ishchilarga toʻlanadigan ish haqi. Biz oʻzimizning boy tajribamizga asoslangan holda, ushbu barcha parametrlarni tezda optimallashtirib, sizning ehtiyojlaringizni va zarur muddatlarni aniqlab beramiz. Aynan sizning talablaringizga va ishlab chiqarish tizimingizga mos saralash uskunasini tanlaymiz, uni ish uchun tayyor qilib, oʻrnatib beramiz.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Qadoqlash

Bu nima?

Biz onlayn yoki mahallamiz doʻkonidan sotib olgan har qanday mahsulot odatda qadoqlangan boʻladi, qadoq mahsulotni ifloslanishdan himoya qiladi, uning sifatini saqlaydi va tashish uchun qulaylik yaratadi. Qadoqlash oziq-ovqat sanoatida nihoyatda muhim oʻrin tutadi, chunki har yili mahsulotni xaridorga yetkazib berish jarayonida 1.3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari shikastlanish yoki aynish oqibatida isrof boʻladi. Siz mevaga ishlov berish tizimingizga kerakli turdagi qadoqlash uskunasini qoʻshganingizda, isrofgarchilikni kamaytirasiz, mahsulotingizni himoya qilasiz, transportda tashish uchun qulayligini ta’minlaysiz, bundan tashqari mahsulotingizning qiymatini oshirgan boʻlasiz. Qadoqlash, ayniqsa, xalqaro eksport uchun juda muhimdir, chunki qadoqlangan mahsulot ishlab chiqarilgandan soʻng, mijozga gigiyenik va shikastlanmagan holda yetib borishidan dalolat beradi. Shuningdek, qadoqlash mahsulotning global iqtisodiyotiga kirib borishi uchun yoʻl ochib beradi, zero bunday mahsulot gigyena talablariga toʻlaqonli javob berib, mijozlar uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi.

 

Bu qanday ishlaydi?

Qadoqlash uskunalarining quyidagicha turlari mavjud: vakuumli qadoqlash, qoplarga qadoqlash, strechlash orqali qadoqlash, mahalliy savdo yoki eksport uchun qutilar va ulgurji partiyalar qilib qadoqlash. Siz ishlab chiqarish liniyangiz uchun qadoqlash uskunasini tanlaganingizda quyidagilarni hisobga olishingiz zarur: mahsulotingiz turi, ishlab chiqarish tezligi va bozor talabi. Texnologik liniyangizga bittadan ortiq qadoqlash uskunasi kerak boʻlib qolishi ham mumkin, bu holda ular bir-biri bilan muammosiz birlashtiriladigan va texnologik liniyangizga mos keladigan boʻlishi lozim. Masalan, agar siz yangi uzilgan pomidorlarni qadoqlasangiz, sizga quyidagicha vazifalarni bajaradigan uskunalar tizimi kerak boʻladi: pomidorlarni oʻlchab, ularni poʻkakdan tayyorlangan qutilarga joylashtiradigan, ustini streych bilan qoplaydigan, soʻng logotip etiketkasini chop etib, streychga yopishtiradigan, keyin esa tayyor qutichalarni gofre kartondan tayyorlangan korobkalarga joylashtiradigan uskunalar. Bu uskunalarning hammasi bir-biri bilan toʻgʻri birlashtirilgan boʻlishi kerak, shunda ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi va mahsulotning shikastlanishi va ortiqcha isrofgarchilik kamayadi. 

Biz sizning vaziyatingizga va ta’minot zanjiringizga mos keladigan eng yaxshi qarorni qabul qilishingizga quyidagi yoʻllar bilan yordam beramiz: 

R

Sizning vaziyatingizni oʻrganib chiqib, qadoqqa boʻlgan ehtiyojingizni aniqlaymiz

+

Kerakli uskunalarni tanlaymiz

Uskunaning toʻgʻri oʻrnatilganiga va yaxshi ishlashiga ishonch hosil qilamiz

Xodimlaringizga uskunalarni ishlatishni va texnik xizmat koʻrsatishni oʻrgatamiz

Biz sizni doimo qoʻllab-quvvatlaymiz

Ishlab chiqarish liniyangiz uchun qadoqlash uskunalarini qidiryapsizmi?

 

Bu masalada sizga yordam berishimizga ijozat bering. Biz ehtiyojlaringizni aniqlaymiz, sizga toʻgʻri keladigan uskunalarni va qadoqlash uchun zarur xom ashyolarni topib beramiz, shu orqali yangi uzilgan yoki quritilgan mevalaringizning qiymatini oshiramiz. Sizning hozirgi muhitingizga mos keladigan, gigiyena, oʻlcham va barqarorlik nuqtai nazardan mijozlaringizni qondiradigan, ish kuchi va byudjet talablaringizga javob beradigan standart uskunalarni yetkazib beramiz.

 

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Bozorga kirish

Bu nima?

Bozorga kirish bu mahsulotingizni mahalliy yoki xalqaro miqyosda sotish deganidir. Bozorga kirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: savdo toʻsiqlarini yengib oʻtish, mahalliy va xalqaro qoidalar va standartlarga javob berish, mahsulotingizning qiymati va qadrini namoyish etadigan sertifikatlarni qoʻlga kiritish.

 

Biz qanday yordam beramiz

Biz mijozlarimizga bozorga kirish uchun quyidagi uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha yordam berish tajribasiga egamiz:

  1. Mahalliy va xalqaro standartlarni aniqlash va ularga rioya qilish hamda bozorga kirish imkoniyatini oshiradigan maxsus sertifikat talablariga javob berish. Bozorga qarab, organik, ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va / yoki GLOBAL G.A.P. sertifikatlarini qoʻlga kiritish. Ushbu sertifikatlar tufayli mahsulotingiz bozorga kirib boradi, shuningdek biznesingiz xalqaro talablarga muvofiq ekanligi namoyish etiladi.
  2. Yuklarni tashish va transport talablariga javob berish.
  3. Mijozning mahsulotlarini sotib oladigan ulgurji savdogarlarni va potentsial xaridorlarni aniqlash. Muvaffaqiya qozonish maqsadida samarali ish olib borish va xaridorlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatishda yordam berish

Bizning mutaxassislarimiz bilan bogʻlaning

Mahalliy bozorlarga kirishingizga yordam kerak boʻlsa, mutaxassislarimizning biri bilan bogʻlaning.

     

    Bizga qoʻngʻiroq qiling

    +31 (0) 317 31 12 12

    Elektron manzil

    Info (@) fruitdevelopment.com