Biz xizmatingizga tayyormiz

“Bizning maqsadimiz – mahalliy sharoitga mos, suv tejaydigan, sugʻorish tizimlari iqlimga bardoshli fermer xoʻjaliklarini yaratish. Bu xoʻjaliklar iqtisodiy jihatdan foydali, mahalliy bozor uchun kerakli va mintaqaviy ekologik sharoit uchun mos boʻlishi kerak.”

Bizning maqsadimiz

“Biz barqaror agrobizneslarni tashkil etish orqali qiymat zanjirlarini yaratamiz va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaymiz, bular esa oʻz navbatida ijobiy ozgarishlarga sabab boʻladi.”

Nega bizni tanlashingiz zarur?

Siz bizni tanlaganingizda shunchaki konsultantni emas yelkadoshni tanlagan boʻlasiz, zero biz har bir qadamda siz bilan birga boʻlamiz.

Bizning yechimlarimiz

Quduqni loyihalash va barpo qilish

Har qanday sugʻorish tizimini oʻrnatishdan oldin, avvalambor mavjud boʻlgan suv manbalarini va suvning miqdorini aniqlash zarur.

Filtrlash tizimlari

Filtrlash tizimi sugʻorish tizimining quduqqa ulangan joyiga oʻrnatiladi. Filtrlash tizimi sugʻorish tizimingizni asraydi va uning xizmat muddatini uzaytiradi

Mavjud boʻlgan sugʻorish tizimini yaxshilash

Biz sizning mavjud sugʻorish tizimingizni baholashimiz va uni yaxshilashimiz mumkin yoki umuman yangi bir tizimni noldan loyihalashimiz mumkin.

Tomchilatib sugʻorish

Tomchilatib sugʻorish tizimi suvni oʻsimlikning ildiz zonasiga asta-sekin tomchilaydi. Sugʻorishning bunday usuli suvdan foydalanish samaradorligini maksimal darajada oshiradi va bugʻlanishni minimallashtiradi.

Mikro sprinklerli sugʻorish

Mikro sprinklerlar kichik purkagichlar boʻlib, asosan bogʻlarda va sabzavot ekilgan dalalarda qoʻllaniladi. Bu tizim tufayli suv yerga chuqur kirib boradi va ildizlarning yaxshi oʻsishini ta’minlaydi.

Sprinkler tizimlari

Sprinkler tizimlari suvni magistral sugʻorish liniyalari orqali yetkazib berib, purkaydi va butun ekin maydonini maksimal darajada sugʻoradi. Sugʻorishning bu usuli fertigatsiya, ya’ni oʻgʻitlash va yerni muzlashdan asrash uchun oʻta samaralidir

Gidroponika

Gidroponika – an’anaviy qishloq xoʻjaligidan farqli ravishda oʻsimliklarni tuproqsiz yetishtiradigan, yuqori darajada kengaytiriladigan muqobil tizim hizoblanadi.

Akvaponika

Akvaponika – bu gidroponika (tuproqsiz dehqonchilik) va akvakulturani (baliqchilikni) birlashtiradigan gibrid usul hisoblanadi. Akvaponikada suvdan samarali tarzda foydalaniladi, oʻsimliklar ham, baliqlar ham oʻzaro manfaat koʻradi.

Ajratilgan akvaponika

Ajratilgan akvaponika yoki koʻp halqali akvaponika. Bu turdagi akvaponika takomillashtirilgan boʻlib, mazkur tizimda oʻsimliklar va baliqlar uchun alohida optimallashtirilgan sharoit yaratiladi.

Bozorga kirish

Bozorga kirish bu mahsulotingizni mahalliy yoki xalqaro miqyosda sotish deganidir. FDI sizning bozorga kirish imkoniyatingizni yaxshilashi mumkin.

  Quduqni loyihalash va barpo qilish

Bu nima?

Har qanday sugʻorish tizimini oʻrnatishdan oldin, avvalambor mavjud boʻlgan suv manbalarini va suvning miqdorini aniqlash zarur. Agar yaroqli suv manbai boʻlmasa, eng yaxshi yoʻl bu sizning sugʻorish tizimingizga mos keladigan quduqni qazishdir.

Bu qanday ishlaydi?

Quduq qazishda suvning zarur miqdorini, sifatini, quduqning chuqurligini va joylashishini hisobga olish kerak. Shunday ekan quduqni barpo qiladigan mutaxassis va pudratchilar yuqorida tilga olingan barcha omillar bilan tanish boʻlishlari, quduq qazish qoidalariga rioya qilishlari, mahalliy gidrogeologiyani yaxshi bilishlari, qaziladigan quduqning diametri va zarur boʻlgan barcha oʻlchovlarga bekamu-koʻst amal qilishlari darkor

Biz nima qilamiz

Fruit Development International tashkiloti suv zahiralarini toʻgʻri ishlatishda va quduqlarni loyihalashda nihoyatda boy tajribaga ega. Agar siz ekinlaringiz uchun sugʻorish yechimlarini qidirayotgan boʻlsangiz, bizga murojaat eting. Biz sizning holatingiz va vaziyatingizdan kelib chiqqan holda, siz uchun mos keladigan quduq loyihasini tayyorlaymiz, ammo bu bilan cheklanib qolmay, quduqni qazdiramiz va ishlatib beramiz. Buning uchun biz mintaqangizdagi ishonchli quduq qazish mutaxassislariga murojaat qilib, barcha dastlabki tahlillarni oʻtkazamiz: tuproqni tekshiramiz, quduqning joyini, chuqurligini va hajmini aniqlaymiz, shundan keyingina quduqni qazish ishlarini boshlaymiz. Nasos va quvurlarni oʻrnatishdan oldin quduqni shaxsan koʻzdan kechiramiz. Bundan keyin suvning bosimi va sifatini tekshiramiz. Bular kelishilgan standartlarga muvofiq ekaniga ishonch hosil qilganimizdan keyingina sement blokini quyib, quduqqa filtratsiya tizimini oʻrnatamiz. Quduqni barpo qilib boʻlib, uni yangi oʻrnatilgan yoki mavjud boʻlgan sugʻorish tizimiga birlashtiramiz.

Sugʻorish tizimini oʻrnatishda birinchi qadamni qoʻying

FDI sizga quduqni loyihalashda va qazishda qanday yordam bera olishini bilmoqchimisiz? Biz bilan bogʻlanib, maslahatlashing.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

 Filtrlash tizimlari

Bu nima?

Hosildorlikni oshirish va ekinlarning sogʻligʻini yaxshilash uchun sugʻorish suvining sifatini yaxshilamoqchimisiz? U holda qudugʻingizga filtrlash tizimini ulang yoki nosoz filtrlash tizimingizni takomillashtiring. Shunda siz sugʻorish tizimingizni asragan boʻlasiz va undan yana koʻp yillar davomida foydalanasiz. Filtrlash tizimi suvingizni tozalaydi, uni ogʻir metallardan xoli qiladi, chiqindilarni ushlab qoladi, natijada ekinlaringiz yanada sogʻlom va hosildor boʻladi.

Bu qanday ishlaydi?

Sugʻorish tizimlarida ishlatiladigan filtrlashning toʻrtta asosiy tizimi mavjud: 

  1. Setkalik filtrlar suvdagi qum, choʻkindilar yoki boshqa qattiq zarrachalarni ushlab qoladi. 

  1. Markazlashgan separatorlar birinchi boʻlib suvni katta qum zarralaridan tozalaydi, soʻng suvni liniya davomida joylashgan mayda toʻrli filtr ichiga haydaladi. Mazkur separatorlar optimal darajada ishlashi uchun suvning bosimi va oqimi doimiy boʻlishi talab etiladi.

  1. Diskli filtrlar toʻr hajmini belgilaydigan mayda tarnovli disklar toʻplamidan iborat. Diskli filtrlarni qoʻlda, disklarning orasini ochib tozalash kerak yoki suvni orqaga, teskari yuborish orqali tozalasa boʻladi. Diskli filtrlarni teskari oqim bilan tez tozalash mumkin, buning uchun suvning kuchli bosimi talab qilinmaydi. Qum filtlari uchun bunday jarayon koʻproq vaqtni va qattiqroq suv bosimini talab qiladi.

  1. Qum filtrlari maydalangan kvarts yoki granit kukuni bilan qisman toʻldirilgan baklardan iborat, bakdagi kukunning maydaligi befosita zarur boʻlgan filtrlash talabiga bogʻliq. Zarur filtrlash talabi suvning bosimi va sugʻorish tizimidagi eng kichik teshik diametridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qum filtrini yuvish uchun yana bitta qum filtri kerak boʻladi, ikkala filtr ketma-ket birlashtiriladi. Filtrlar avtomatik ravishda yoki yarim avtomatik ravishda yonidagi filrdan chiqqan suv bilan yuviladi. 

Biz nima qilamiz

Biz sizning sugʻorish tizimingizni va suvingiz sifatini tekshirib, ehtiyojlaringizni aniqlaymiz. Soʻng sugʻorish tizimingizga mos keladigan, eng samarali filtrlash tizimini loyihalashtirib, oʻrnatib beramiz. Buning uchun batafsil reja tuzib, tayyor tizimni yetkazib berish va toʻgʻri oʻrnatish uchun moliyaviy menejment va logistika masalalarini koʻrib chiqamiz. Bizning mutaxassislarimiz tizimni qisqa vaqt ichida oʻrnatib, tizim toʻgʻri ishlashiga ishonch hosil qilish maqsadida, uni sinovdan oʻtkazadilar. Bundan tashqari, biz xodimlaringizga trening oʻtkazib, filtrlash tizimiga texnik xizmat koʻrsatishni, muammolarini bartaraf etishni, tizimni tozalashni oʻrgatamiz (agar qoʻlda tozalanadigan filtrlash tizimi tanlangan boʻlsa), zarur boʻlganda esa maslahatlar beramiz. Bizga murojaat eting va biz sharoitingizga mos keladigan, suvingizning bosimi va sifatini hisobga olgan holda eng yaxshi filtrlash tizimini yaratib beramiz.

Sugʻorish suvi sifatini hoziroq yaxshilang!

Sizning bogʻingiz uchun qaysi filtrlash tizimi eng yaxshi ekanligini bilmoqchimisiz? Bizga murojaat eting va biz sharoitingizga mos keladigan, suvingiz oqimi va sifatini hisobga olgan holda eng yaxshi filtrlash tizimini yaratib beramiz.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

  Mavjud boʻlgan sugʻorish tizimini yaxshilash

 

Biz qanday yordam beramiz

Balki sizda sugʻorish tizimi allaqachon bordir, lekin u doim sizga muammolar tugʻdirmoqda. Balki suvingiz yomondir va sugʻorish tizimiga zarar yetkazayotgandir, balki suv dalaning hamma joyiga birday yetib bormayotgandir, yoki suv bosimi juda pastdir, yohud suv tushadigan klapanlarga narsa tiqilib qolgandir? Balki siz muammo nimada ekanini hatto bilmaysiz ham, ammo hozirgi sugʻorish tizimidan aslo mamnun emassiz.

Mana shu muammoingizni biz hal qilib berishimiz mumkin. Biz sizning mavjud boʻlgan sugʻorish tizimingizni baholab chiqishimiz mumkin. Bordi-yu siz bogʻni qoʻlda sugʻorsangiz, bu usulning qanchalik samarali ekanini ham koʻrib chiqishimiz mumkin. Soʻng suvning sifatini, ishchi kuchiga va texnik xizmatga boʻlgan talabni hisobga olgan holda siz uchun noldan yangi sugʻorish tizimini yaratishimiz yoki mavjud tizimingizni optimallashtirib berishimiz mumkin.

Sugʻorish tizimlarini takomillashtirish boʻyicha bizda katta tajriba bor, biz turlicha sugʻorish tizimlarini yaratamiz: oddiy belkurak yordamida sugʻorish yoki beton kanallarini qazishdan tortib, yuqori texnologik, toʻliq integratsiyalashgan sugʻorish tizimlarigacha turli tizimlarni loyihalashtiramiz. 

Agar siz quduq, sugʻorish tizimi yoki filtrlash tizimi bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan boʻlsangiz, ikkilanmay biz bilan bogʻlaning. Biz suvning sifati bilan bogʻliq barcha muammolaringizni hal qilishda sizga bajonidil yordam beramiz.

Sugʻorish tizimini hoziroq yaxshilang!

Biz sugʻorish tizimingizdagi muammolarga amaliy yechim topishga ixtisoslashganmiz. Biz bilan bogʻlaning va biz sizga yordam beramiz.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

  Tomchilatib sugʻorish

Bu nima?

Tomchilatib sugʻorish tizimi odatda intensiv ekinlar, masalan, sabzavotlar, yumshoq mevalar, bogʻlar, shuningdek adirlar va tepaliklarda ekilgan har qanday ekinlar uchun ishlatiladi, chunki bunday joylarda suv tez oqib ketib, tuproqqa singishga ulgurmaydi, bu esa tuproqning yemirilishiga olib keladi. 

Tomchilatib sugʻorish tizimi suvdan foydalanish samaradorligini maksimal darajada oshiradi. Ushbu tizimda suv asta-sekin ekinlarning ildiz zonasiga tushadi, u optimal darajada saqlanib qoladi va bugʻlanishning oldini oladi. Tomchilatib sugʻorish koʻpincha fertigatsiya, ya’ni oʻgʻitlash bilan birlashtirilib, ozuqaviy moddalarni aniq yetkazib berish orqali, meva va sabzavotlarning hosildorligini va sifatini oshiradi. Natijada bergan oʻgʻitlaringizdan maksimal darajada foyda koʻrasiz.

Bu qanday ishlaydi?

Bugungi kunda bozorda tomchilatib sugʻorish tizimining ikkita asosiy turi mavjud: bosim asosida tomchilatib sugʻorish (PC) va bosimsiz tomchilatib sugʻorish (NPC):

  1. Bosim asosida tomchilatib sugʻorish bevosita barqaror oqim tezligiga bogʻliq boʻladi. Bosimning kuchliligi dalaning pastlik yoki balandlik joylaridan qat’i nazar, suvning tekis taqsimlanishini ta’minlaydi. Oʻz-oʻzini boshqaradigan oqim tufayli suvning barqarorligi butun tizim boʻylab bir xil yetkaziladi, bu esa bitta qatorga koʻproq tomizgichlar oʻrnatishga imkon beradi, shu bilan boshqa qatorlarda suv bosimi kamaymaydi. “Bosim asosida tomchilatib sugʻorish” tizimining kamchiligi shundan iboratki, u tez ifloslanib, tiqilib qoladi, bunga suvning chiqish oqimini boshqaradigan tizim ichidagi koʻplab filtrlar sababdir.
  2. “Bosimsiz tomchilatib sugʻorish” tizimlarini aniq sozlash zarur, doimiy sugʻorishni ta’minlash uchun yanada aniq dizayn va muntazam texnik xizmat talab etiladi. Biroq, “bosimsiz tomchilatib sugʻorish” tizimlarining afzalligi shundaki, ularning mexanizmi juda oddiy boʻlgani sababli tizim aslo tiqilib qolmaydi, bu tizim “Bosim asosida tomchilatib sugʻorish” tizimlaridan farqli oʻlaroq loyqali suv bilan ham bemalol ishlayveradi.

“Bosim asosida tomchilatib sugʻorish” va “bosimsiz tomchilatib sugʻorish” tizimlari er osti tomchilatib sugʻorish (SDI) sifatida tuproq ostiga oʻrnatilishi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tuproq ustiga, yohud koʻtarilgan simlar yordamida yuqoriga oʻrnatilishi mumkin. Oʻrnatishning ushbu uchta usuli oʻng tomondagi rasmlarda tasvirlangan

Bundan tashqari, tomchilatib sugʻorish quvurlarning ikki xili mavjud: ichki tomizgichli quvurlar, bularda har bir tomchilatuvchi nuqtada suv bosimi bir xil boʻladi; quvurlarning ikkinchi turida asosiy quvurdan alohida-alohida tomizgichlar turtib chiqadi. Tomizgichlar sugʻorish liniyasi boʻylab standart oraliqda joylashtirilgan yoki ekinlaringiz va koʻchatlaringiz zichligiga qarab moslashtirilgan boʻlishi mumkin. Bogʻlarga tomchilatib sugʻorishning ikki quvuri oʻrnatiladi, shu orqali daraxt atrofi diamteri namlanadi va har bir daraxtning ildiz maydoni qoplanadi.

Biz nima qilamiz

Samarali sugʻorish ayniqsa yuqori qiymatli ekinlar uchun juda muhimdir, chunki oʻsishning dastlabki davrlarda suv va ozuqaning yetishmasligi, ekinlarning hosiliga bevosita ta’sir qilib, uni yoʻqqa chiqarishi mumkin. Keling, biz sizga yordam beraylik, ekinlaringiz ob-havoning injiqliklaridan zarar koʻrmasligi uchun, “Rivulis Eurodrip”ning zamonaviy sugʻorish tizimini sharoitingizga moslab oʻrnataylik. Biz bilan bogʻlaning, biz sizga quyidagilarda yordam berishimiz mumkin: sugʻorish ehtiyojlaringizni aniqlash, noyob mintaqangiz va sharoitingiz uchun mukammal sugʻorish tizimini loyihalash, materiallarni mahalliy va xalqaro miqyosda yetkazib berish, logistika va moliyaviy operatsiyalarga yordam berish. Biz butun jarayon davomida sizning yoningizda boʻlamiz, dastlabki loyihalashdan tortib, yangi sugʻorish tizimining oʻrnatilishigacha har qadamda sizga hamrohlik qilamiz. Oʻz tajribamizdan kelib chiqqan holda ishonchli tizim yaratamiz, unga qanday xizmat koʻrsatish kerakligini sizga oʻrgatamiz.

 

Ha, menga tomchilatib sugʻorish boʻyicha maslahat kerak

Tomchilatib sugʻorish tizimi muammolaringizni hal qiladi deb oʻylaysizmi? U holda biz bilan bogʻlanib maslahatlashing.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

 Mikro sprinklerli sugʻorish

Bu nima?

Mikro sprinklerlar kichik purkagichlar boʻlib, asosan bogʻlarda va sabzavot ekilgan dalalarda qoʻllaniladi. Bu tizim tufayli suv yerga chuqur kirib borib, ildizlarning yaxshi oʻsishini ta’minlaydi va sovuqdan himoya qiladi. Purkagichlar yer sathidan taxminan 15-30 sm balandlikda boʻlib, suvni maydalab purkaydi yoki tuman hosil qiladi.

Bu qanday ishlaydi?

Mikro sprinklerlar ma’lum oraliq masofada asosiy sugʻorish liniyasi boʻylab joylashtiriladi va uchdan olti metrgacha diametr namlanishni hosil qiladi, bu an’anaviy purkagichlarga qaraganda ancha kichikroq bo’ladi. Bogʻlardagi daraxtlarning butun ildiz maydonini namlash uchun har bir qator daraxtlarning ikkala tomoniga odatda ikkita mikro purkagich oʻrnatiladi. Mikro purkagichlar qiyalikda joylashgan dalalar uchun juda mos keladi, ular kichik ekinlarni va daraxtlarni muzlashdan himoya qilib, oʻgʻitlantirish uchun ham ishlatiladi.

Biz nima qilamiz

Eng yaxshi sugʻorish tizimi – bu sizga mos keladigan va manfaat keltiradigan tizimdir. Bu tizim sizga toʻgʻri sugʻorish va ozuqa moddalarini yetkazishda, ishchi kuchini kamaytirishda, xatarlarni minimallashtirishda va mahsulot sifatini yaxshilashda yordam beradi. Bunday sugʻorish tizimi barcha sarmoyalaringizni tezda oqlab beradi. Agar sizga shunday sugʻorish tizimi kerak boʻlsa, biz bilan bogʻlanib, konsultatsiyaga yoziling. Biz vaziyatingizni oʻrganib chiqib, ehtiyojlaringizni, iqlim, hosilning turi, suvning bor-yoʻqligini, oʻgʻitlashga ehtiyojni va boshqa omillarni tahlil qilib chiqamiz. Biz sugʻorish tizimlarini loyihalash va oʻrnatish boʻyicha katta tajribaga egamiz, shuningdek “Rivulis Eurodrip” ning sertifikatlangan vakillarimiz. Biz sizning ehtiyojlaringizga moslashtirilgan sugʻorish tizimini yaratamiz, logistika bilan yordam beramiz, tizimni oʻrnatamiz, xodimlaringiz uchun maxsus treninglar oʻtkazib beramiz. Siz yangi sugʻorish tizimiga oʻrganguningizga qadar biz siz bilan doimo telefon va elektron pochta orqali aloqada boʻlib turamiz, barcha savollaringizga javob beramiz. Keling, birgalikda sugʻorish muammosiga samarali yechim topaylik.

Ha, menga mikro sprinklerli sugʻorish boʻyicha maslahat kerak

Mikro purkagichlar siz uchun eng yaxshi yechim deb oʻylaysizmi? U holda biz bilan bogʻlanib maslahatlashing.

 

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

 Sprinkler tizimlari

Bu nima?

Sugʻorish tizimlari ichida, purkagichlar ekinlarni tabiiy ravishda, yogʻayotgan yomgʻir kabi sugʻoradi. Sprinkler tizimlari suvni magistral sugʻorish liniyalari orqali yetkazadi va suvqi purkash orqali butun tuproqni maksimal darajada qoplaydi. Bu turdagi sugʻorish tuproqni sovuqdan himoya qiladi va samarali fertigatsiya tufayli yerning unumdorligini oshiradi.

Bu qanday ishlaydi?

Sprinkler tizimlari statik boʻlib, qoʻl bilan yoki avtomatik ravishda harakatlantirilishi kerak, masalan g’altakli purkagich tizimlari yoki markaziy burilish tizimlari orqali harakatlanishi kerak.

Biz nima qilamiz

Samarali sugʻorish ayniqsa yuqori qiymatli ekinlar uchun juda muhimdir, chunki oʻsishning dastlabki davrlarida suv va ozuqaning yetishmasligi, ekinlarning hosiliga bevosita ta’sir qilib, uni yoʻqqa chiqarishi mumkin. Keling, biz sizga yordam beraylik, ekinlaringiz ob-havoning injiqliklaridan zarar koʻrmasligi uchun, “Rivulis Eurodrip”ning zamonaviy sugʻorish tizimini sharoitingizga moslab oʻrnataylik. biz sizga quyidagilarda yordam berishimiz mumkin: sugʻorish ehtiyojlaringizni aniqlash, noyob mintaqangiz va sharoitingiz uchun mukammal sugʻorish tizimini loyihalash, materiallarni mahalliy va xalqaro miqyosda yetkazib berish, logistika va moliyaviy operatsiyalarga yordam berish. Bulardan tashqari, biz butun jarayon davomida sizning yoningizda boʻlamiz, dastlabki loyihalashdan tortib, yangi sugʻorish tizimining oʻrnatilishigacha har qadamda sizga hamrohlik qilamiz. Oʻz tajribamizdan kelib chiqqan holda ishonchli tizim yaratamiz, unga qanday xizmat koʻrsatish kerakligini sizga oʻrgatamiz.

Ushbu mavzu boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot olish uchun quyida bizga xabar yozib, biz bilan bogʻlaning.

Qisqacha taqqoslash

Statik sprinkler tizimlari

  • Namlanish radiusi 27-60 m (har bir purkagich uchun)
  • Oʻrnatish uchun eng kam boshlangʻich xarajatlar
  • Koʻproq joyni qamrab olish uchun aylanadigan purkagichlarga koʻproq mehnat sarflanadi
  • Qiyaliklarda va notekis joylarda ishlayveradi
  • Yuqori ish kuchi talab qilinadi: tizimni bir joydan boshqa joyga koʻchirish va mavsum tugashida uni saqlash, texnik xizmat koʻrsatish, tozalash. Qayta sotish qiymati pastroq
Bu qanday ishlaydi?

Statik sprinkler tizimlarini ishga tushirish uchun kuchli suv bosimi talab qilinadi. Suv bosimi tizimdagi tishli gʻildiraklar bilan boshqariladigan rotorlarni quvvatlantirib, joʻmrakning boshini doira boʻylab aylantiradi. Har bir purkagich boshi 27-60 metr radiusda namlik hosil qiladi. Ushbu sugʻorish moslamalari odatda juda katta maydonlarda ishlatiladi va katta mehnatni talab qiladi, ammo dastlabki sarmoyalar boshqa sugʻorish tizimlariga qaraganda ancha kam.

Sprinkler gʻaltak tizimlari

  • Namlanish radiusi 27-60 m (har bir purkagich uchun)
  • Boshlangʻich sarmoyalarning qiymati oʻrtacha
  • Ish haqi xarajatlari oʻrtachat
  • Qiyaliklarga va yerning past-balandligiga bardosh berish qobiliyati oʻrtacha
Bu qanday ishlaydi?

In Sprinkler gʻaltak tizimlaridasuvni sepib beradigan purkagich aravachasini mexanik gidravlik tizim harakatga keltiradi. Purkagich aravachasi har bir qator boʻylab egiluvchan shlangga biriktiriladi, shlang esa gʻaltakka biriktirilgan boʻladi. Namlangan maydon egiluvchan shlang uzunligi boʻylab harakatlanadi, purkagich aravachasi yengil qiyaliklarga va oʻngiq-choʻnqir joylariga bardosh bera oladi. Shu bois kuchli qiyaligi boʻlmagan dalalarni tekislashga hojat boʻlmaydi.

Markaziy burilish tizimlari

  • Taxminan 100-450 m2 (kattaligiga qarab 3,5-60 gektar maydonni sugʻoradi)
  • Eng qimmat boshlangʻich sarmoyani talab qiladi
  • Oʻrnatilgandan keyin deyarli qoʻl mehnatini talab qilmaydi
  • Qiyali dalalarga mos kelmaydi, ba’zi past-balandliklarga togʻri kelishi mumkin, ammo qiyaliklarga emas
  • Kvadrat dalalar maydonining taxminan 21,3% (burchaklari) uchun qoʻshimcha sugʻorish talab etiladi
Bu qanday ishlaydi?

Markaziy burilish sugʻorish tizimlari ekinlarni markaziy burilish nuqtasi atrofida aylana shaklida sugʻoradi. Bu tizimni oʻrnatish va koʻchirish nisbatan oson, shu bilan birga ularni yaxshi narxga sotsa boʻladi. Mazkur tizim avvalgi ikkita tizimga nisbatan kattaroq sarmoyani talab qiladi. Markaziy burilish sugʻorish tizimlari gʻildirakli moslamalarga oʻrnatilgan, purkagichlari bor quvurdan iboratdir. Purkagichlar quvur boʻylab, ma’lum bir oraliqda joylashadi. Bu tizim odatda suv bosimi bilan boshqarilib, aylangan holda harakatlanadi. Harakatlanish tezligini suv bosimi belgilaydi. Ekinlarga sepiladigan suv miqdori bevosita aylanish tezligiga bogʻliq boʻladi. Bu tizim ekinlarning balandligi, tuproqning turi va boshqa omillarga qarab sozlanishi mumkin. Har bir tizim 100 dan 450 m2 gacha boʻlgan maydonni samarali tarzda sugʻorishi mumkin.

Ha, menga Sprinkler tizimlari boʻyicha maslahat kerak

Sprinkler sugʻorish tizimining qaysi biri sizga mos kelishini bilmoqchimisiz? Biz bilan bogʻlanib maslahatlashing.

 

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

 Gidroponika

Bu nima?

Gidroponika – an’anaviy qishloq xoʻjaligidan farqli ravishda, oʻsimliklarni tuproqsiz yetishtiradigan, yuqori darajada kengaytiriladigan muqobil tizim hizoblanadi. Ushbu tizim yuqori qiymatli ekinlarni yetishtirishda quyidagi parametrlarni nazorat qilishga imkon beradi: ob-havo, hasharotlar, kasalliklar, ozuqa moddalarining yetishmasligi yoki suv tanqisligi. Gidroponika – bu mehnatni tejaydigan usul hisoblanib, shahar ichida yoki shaharga yaqin joyda, kichkina maydonda yil davomida koʻp hosil yetishtirishga imkon yaratadi. Godroponika odatda issiqxona ichiga qurilib, u yerda pomidor, qalampir, bodring, qovoq, qulupnay va boshqa bargli oʻsimliklar yetishtiriladi. 

Bu qanday ishlaydi?

Gidroponika tizimda oʻsimliklar tuproqqa ekilmay, qisman suyuq substratda oʻstiriladi yoki ozuqa moddalari bilan boyitilgan eritma toʻgʻridan-toʻgʻri oʻsimlikning ildizlariga yetkaziladi. Ushbu tizim tufayli yetishtiruvchi oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi bilan bogʻliq barcha narsalarni, masalan, ozuqa miqdorini, haroratni, pH qiymatini va suv sifatini nazorat qila oladi.

Gidroponika tizimlarning uchta asosiy turi mavjud:

  1.  In a Substrat tizimi : bu tizimda kokos torfi, tosh paxtasi yoki boshqa substratga oʻsimlikning ozuqaviy eritmasi kiritilib, oʻsimlikning ildizlari ozuqlantiriladi. Ushbu usul odatda pomidor va qalampir kabi sabzavotlar uchun moʻljallangan, ammo gidroponikada boshqa sabzavot va koʻkatlar yetishtirilishi ham mumkin.
  2. When applying Ozuqaviy plyonka usuli (OPU)ushbu usulda bir qator quvurlar oʻrnatiladi. Bu quvurlarda suv juda sekin oqib, oʻsimliklarning osilib turgan ildizlarini ozuqa moddalari va kislorod almashinuvi bilan ta’minlaydi. Ushbu turdagi tizim uchun hech qanday substrat ishlatilmaydi va unda asosan qulupnay, mayda yumshoq mevalar va bargli koʻkatlarni oʻstiriladi
  3. Chuqur suv madaniyati (ChSM) tizimlari 20-35 sm chuqurlikdagi ariqlardan yoki hovuzlardan iborat boʻlib, unda oʻsimliklar suzib yuradi. Ushbu usul chirmashib oʻsadigan oʻsimliklarga mos kelmasa ham, bargli koʻkatlar va oʻtlar uchun juda samaralidir. Suvda suzib yurgan oʻsimlikning ildiz tizimini kislorod bilan ta’minlash uchun havo nasosi ishlatiladi.

Agar sizda katta miqdorda sarmoyangiz boʻlsa va siz kichik maydondan koʻp hosil olmoqchi boʻlsangiz, bozorga osonroq kirish uchun buni shahar hududida yoki unga yaqin joyda amalga oshirmoqchi boʻlsangiz, demak, gidroponika siz uchun eng maqbul tizimdir. Gidroponika odatda barcha tegishli oʻsish parametrlari ustidan maksimal nazoratni ta’minlash uchun issiqxonada amalga oshiriladi, ammo iqlimdan kelib chiqqan holda, uni issiqxonadan tashqarida ham barpo qilish mumkin.

Biz nima qilamiz

Bu borada FDI sizga har tomonlama yordam beradi: biz birinchi eskizni chizishdan boshlab, daromad keltiradigan gidroponikagani yaratib beramiz. Zero, biz gidroponika tizimlarini lohiyalashtirishda va ularni barpo qilishda katta tajribaga egamiz. Biz gidroponikani loyihalash bilan cheklanib qolmaymiz, balki uni ehtiyojlaringizga toʻliq moslashtirib beramiz, bozoringizga toʻgʻri keladigan oʻsimliklarni tanlab, kerakli barcha materiallarni yetkazib beramiz. Sizni mahalliy hamkorlarimiz bilan tanishtirib, siz va xodimlaringiz uchun treninglar oʻtkazib beramiz. Siz gidroponika bilan ishlashni boshlaganingizdan keyin esa, biz doim siz bilan telefon orqali aloqada boʻlib turamiz, sizga kerakli maslahat va yoʻl-yoʻriqlar beramiz.

Sizga gidroponika kerakmi?

U holda biz bilan bogʻlaning!

Gidroponikaga qiziqyapsizmi? U holda biz bilan bogʻlanib birinchi konsultatsiyaga yoziling.

 

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

  Akvaponika

Bu nima?

Akvaponika – bu gidroponika (tuproqsiz dehqonchilik) va akvakulturani (baliqchilikni) birlashtiradigan gibrid usul hisoblanadi. Akvaponikada suvdan samarali tarzda foydalaniladi, oʻsimliklar ham, baliqlar ham oʻzaro manfaat koʻradi. Akavoponika gidroponika singari bir xil printsiplar asosida ishlaydi – bu ham bargli koʻkatlar, rezavor ekinlar va ba’zi yumshoq mevalarni yetishtirishning tuproqsiz usulidir, ammo qoʻshimcha murakkablikka ega, ya’ni baliqlarga!

Akvaponika tizimlarining ikkita asosiy turi mavjud: an’anaviy, ya’ni bir halqali tizimlar va quyida tavsiflangan koʻp halqali yoki ajratilgan tizimlar.An’anaviy bir halqali akvaponika tizimida baliq chiqindilari tepaga oʻsimliklar tomon suzib chiqadi, oʻsimlik tizimidagi suv esa baliqlarga qaytadi. Ushbu tizimning kamchiligi shundan iboratki, siz oʻsimliklar va baliqlar uchun mutanosib, yagona bir sharoitni yaratishingiz kerak boʻladi: bunda pH qiymati, suv harorati va ozuqa vazni ham baliqlar, ham oʻsimliklar uchun bir boʻladi.

Bu qanday ishlaydi?

Gidroponika tizimlarida oʻsimlik ozuqalari kukun shaklida yoki suyuqlik aralashmasi shaklida toʻgʻridan-toʻgʻri suvga qoʻshiladi va oʻsimliklar tomonidan soʻriladi. Akvakulturada oʻsimliklar uchun kerakli barcha ozuqa moddalari toʻliqligicha yoki qisman baliq yetishtirish tizimidan keladi. Odatda akvaponika akvariumlarida chuchuk suvda yashaydigan va koʻp parvarish talab qilmaydigan tilapiya va laqqa baliqlar yetishtiriladi. Akvariumdagi suv oʻsimliklarni sugʻorishdan oldin, alohida idishlarga chiqariladi va foydali moddalarga aylantiriladi (ammiak va baliq chiqindilari nitrat va nitritlarga, shuningdek oʻsimliklar uchun foydali boshqa ozuqa moddalariga aylantiriladi). Soʻng bu suv bilan oʻsimliklar sugʻoriladi. Sugʻorishdan ortgan suv yigʻilib, filtrlanadi va qayta akvariumga quyiladi, ushbu jarayon takrorlanadi.

Akvaponikada oʻsimliklar va baliqlar bir tizimda yetishtirilgani sababli, baliqlarni ozuqlangirish, oʻsimliklarga esa, turidan kelib chiqqan holda, kerakli mineral va vitaminlarni berish kerak.

Biz nima qilamiz

Biz akvaponika tizimlarini loyihalashtirib, bunyod qilishda katta tajribaga egamiz. Shu bois siz uchun uy sharoitiga mos akvaponikadan tortib, ishchi kuchini deyarli talab qilmaydigan samarali sanoat akvaponikagacha oʻrnatib bera olamiz. FDI sizni akvaponikani loyihalashdan, to undan foyda olguningizga qadar butun jarayon davomida boshlab boradi. Biz sizga quyidgi masalalarda yordam beramiz: ehtiyojlaringizga javob beradigan, holatingizga moslashtirilgan tizimni ishlab chiqamiz, bozoringiz talabiga mos baliq va oʻsimliklarni tanlaymiz, agar zarur boʻlsa mahalliy hamkorlarimiz bilan tanishtiramiz, xodimlaringiz uchun treninglar oʻtkazib beramiz. Siz akvaponikangizni ishga tushirganingizdan keyin, biz doimo siz bilan telefon orqali aloqada boʻlib, kerakli maslahat va yordamimizni sizdan ayamaymiz.


Sizga akvaponika kerakmi? Buni hoziroq bilib oling!

Akvaponika sizning sharoitingizga mos keladimi yoki yoʻqmi? Buni bilmoqchi boʻlsangiz biz bilan bogʻlanib, konsultatsiyaga yoziling. birinchi konsultatsiyaga yoziling.

 

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

  Ajratilgan akvaponika

Bu nima?

Ajratilgan akvaponika yoki koʻp halqali akvaponika. Bu turdagi akvaponika takomillashtirilgan boʻlib, mazkur tizimda oʻsimliklar va baliqlar uchun alohida optimallashtirilgan sharoit yaratiladi. Bunga baliqlar va oʻsimliklarni bir-biridan ajratish orqali erishiladi, shu tufayli ozuqa moddalarining oqimi, suv harorati, pH qiymati va barcha tegishli parametrlar baliqlar va oʻsimliklar uchun individual ravishda optimallashtiriladi

Bu qanday ishlaydi?

Ushbu tizim alohida baliq va oʻsimliklarning aylanma tizimlaridan iborat. Suv baliq tizimidan yigʻilgandan soʻng, klapan va filtr suvning akvariumga qaytib ketishiga yoʻl qoʻymaydi, natijada suv o’simliklar tomon oqadi. Bu tizimda oʻsimliklarga ozuqa moddalarini qoʻshish ancha oson, chunki oʻsimlikka berilgan ozuqa moddalari baliq suviga tushmaydi.

Akvaponika baliq va oʻsimliklarni birgalikda yetishtirish imkonini yaratadi. Akvaponikada suvdan samarali foydalaniladi, baliq va oʻsimliklar uchun sharoit optimallashtiriladi. Biroq bu tizim gidraponikadan farqli ravishda suvni qayta ishlatmaydi. Oʻsimliklar tizimidan suv baliqlarga qaytib bormaydi, biroq undan boshqa ekinlarni sugʻorish uchun foydalanilsa boʻladi.

Biz nima qilamiz

Biz ajratilgan akvaponika tizimlarini loyihalashtirib, bunyod qilishda katta tajribaga egamiz. Shu bois siz uchun kichik akvaponikadan tortib, tadbirkor ishtirokini minimallashtiruvchi samarali sanoat akvaponikagacha oʻrnatib berishimiz mumkin. FDI tashkilotimiz sizni akvaponikani loyihalashdan, to undan foyda olguningizga qadar, butun jarayon davomida boshlab boradi. Siz qisqa vaqt ichida akvaponikani ishga tushira olishingiz uchun, biz sizga quyidgi masalalarda yordam beramiz: ehtiyojlaringizga javob beradigan, holatingizga moslashtirilgan tizimni ishlab chiqamiz, bozoringiz talabiga mos baliq va oʻsimliklarni tanlaymiz, agar zarur boʻlsa mahalliy hamkorlarimiz bilan tanishtiramiz, xodimlaringiz uchun treninglar oʻtkazib beramiz. Siz akvaponikangizni ishga tushirganingizdan keyin, biz doimo siz bilan telefon orqali aloqada boʻlib, kerakli maslahatlar beramiz, sizdan yordamimizni ayamaymiz.

 

 

Akvaponikangizni takomillashtirmoqchimisiz? U holda biz bilan bogʻlaning!

Agar siz ushbu yetishtirish usuli bilan qiziqsangiz, biz bilan bogʻlanib, Biz siz uchun yangi tizimni loyihalab beramiz. 

 

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+31 (0) 317 31 12 12

Elektron manzil

Info (@) fruitdevelopment.com

Bozorga kirish

Bu nima?

Bozorga kirish bu mahsulotingizni mahalliy yoki xalqaro miqyosda sotish deganidir. Bozorga kirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: savdo toʻsiqlarini yengib oʻtish, mahalliy va xalqaro qoidalar va standartlarga javob berish, mahsulotingizning qiymati va qadrini namoyish etadigan sertifikatlarni qoʻlga kiritish.

 

Biz qanday yordam beramiz

Biz mijozlarimizga bozorga kirish uchun quyidagi uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha yordam berish tajribasiga egamiz:

  1. Mahalliy va xalqaro standartlarni aniqlash va ularga rioya qilish hamda bozorga kirish imkoniyatini oshiradigan maxsus sertifikat talablariga javob berish. Bozorga qarab, organik, ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va / yoki GLOBAL G.A.P. sertifikatlarini qoʻlga kiritish. Ushbu sertifikatlar tufayli mahsulotingiz bozorga kirib boradi, shuningdek biznesingiz xalqaro talablarga muvofiq ekanligi namoyish etiladi.
  2. Yuklarni tashish va transport talablariga javob berish.
  3. Mijozning mahsulotlarini sotib oladigan ulgurji savdogarlarni va potentsial xaridorlarni aniqlash. Muvaffaqiya qozonish maqsadida samarali ish olib borish va xaridorlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatishda yordam berish

Bizning mutaxassislarimiz bilan bogʻlaning

Mahalliy bozorlarga kirishingizga yordam kerak boʻlsa, mutaxassislarimizning biri bilan bogʻlaning.

     

    Bizga qoʻngʻiroq qiling

    +31 (0) 317 31 12 12

    Elektron manzil

    Info (@) fruitdevelopment.com