Ishlab chiqarish yechimlari
"Biz sizga serhosil va bardoshli daraxtlardan iborat bogʻlarni yaratishga yordam beramiz, mahalliy sharoitga mos keladigan sugʻorish tizimini loyihalashtirib, oʻrnatib beramiz, shuningdek sizni zarur texnik uskunalar bilan ta’minlaymiz, kerakli bilim va tajriba bilan oʻrtoqlashamiz"
Ishlov berish yechimlari
"Siz meva, sabzavot va yongʻoqlarni samarali tarzda qayta ishlashingizni, ularning sifatini saqlab qolishingizni, shu bilan birga chiqindilarni kamaytirishingizni istaymiz.”
Sugʻorish yechimlari
“Bizning maqsadimiz – mahalliy sharoitga mos, suv tejaydigan, sugʻorish tizimlari iqlimga bardoshli fermer xoʻjaliklarini yaratish. Bu xoʻjaliklar iqtisodiy jihatdan foydali, mahalliy bozor uchun kerakli va mintaqaviy ekologik sharoit uchun mos boʻlishi kerak.”

Modulli va oʻlchovli
Siz kichik yoki katta xoʻjalikdan boshlashingizdan qat’i nazar, yechimlarimizning modulli dizayni osongina kengaytirilishi yoki yangilanishi mumkin.

Mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan
Yurtingizning iqlimi, tuprogʻi, suvi va iqtisodiy sharoitiga moslashtirilgan samarali dizayn.

Tayyor qilib oʻrnatish
Biz toʻliq yechimni sizning manzilingizga yetkazib beramiz. Siz uni oʻzingiz oʻrnatishingiz mumkin, agar ijozat bersangiz bizning mutaxassislarimiz oʻrnatish jarayonini oʻzlari boshqaradilar

Amaliy bilim
Bizning mutaxassislarimiz meva yetishtirish boʻyicha barcha ma’lumotlarga ega va bogʻbonu dehqonlarning kundalik muammolarini yaxshi tushunadilar.
Biz haqimizda
Fruit Development International (FDI) ning maqsadi – kichik va yirik fermer xoʻjaliklarini rivojlantirib, shu orqali sifatli meva ishlab chiqarishning barqaror zanjirini yoʻlga qoʻyishda oʻz xissasini qoʻshishdir. FDI meva yetishtiradigan fermerlarga oʻz biznesini boshlashda yoki kengaytirishda zarur boʻlgan uskunalar va xizmatlarni taqdim etadi.
FDI quyidagi mavzularga oid maslahatlar beradi: sugʻorish va agrar amaliyotlari, zararkunandalarga qarshi kurashish, meva navlarini tanlash, biznesni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarini loyihalashtirish va hokazolar. FDI Gollandiyaning meva yetishtirish sohasidagi bilimlarga va Oʻzbekistondagi oʻz xoʻjaligida yetishtirgan mevalarning turli navlari va qoʻllagan usullari tufayli orttirgan boy tajribasiga asoslanadi.
FDI ning konsalting va uskunalari intensiv bogʻlarning samaradorligini oshirish orqali mintaqaviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. FDI ning yetishtirgan koʻchatlari viruslardan xoli boʻlib, xalqaro standart talablariga toʻlaqonli javob beradi.
Bizning Toshkentda vakolatxonamiz va Jizzaxda savdo boʻyicha vakilimiz bor.



Qoʻshimcha ma’lumotga ega boʻlmoqchimisiz?
Biznesingiz samaradorligini oshiring!
FDI biznesingiz samaradorligini qanday oshira olishini bilmoqchimisiz? Biz bilan bogʻlanib, bundan xabardor boʻling.